“Atletiko” Suares bo‘yicha bir qarorga keldi

  • 4 avgust, 2021, 09:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsumda “Barselona”dan “Atletiko”ga ko‘chib o‘tgan Luis Suares madridliklarning chempion bo‘lishiga munosib hissa qo‘shdi.

Tecno

“Atletiko” rahbariyati urugvaylik hujumchining natijalaridan to‘la qoniqish hosil qilgan holda unga yangi bitim berishga qaror qildi. Manbalarning ta’kidlashicha, Diego Simeone Suaresni 2023 yilning yarmigacha o‘ynatishga tayyor. Qolgani yoshi o‘tib qolayotgan hujumchining ahvolidan kelib chiqib, hal etiladi.

Luis Suaresning amaldagi shartnomasi yana bir yil amal qiladi. U chempionlik mavsumida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 21 ta to‘p kiritdi va jamoasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!