
"Atletiko" "Liverpul"ga qarshi o‘yindan oldin jiddiy yo‘qotishga uchradi
Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Alvaro Morata "Real"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda jarohat olgan. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Uning hozircha qachon safga qaytishi noma’lum bo‘lib qolmoqda. Ammo, katta ehtimol bilan Morata La Ligadan o‘rin olgan "Granada" hamda "Valensiya", shuningdek, Chempionlar ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan "Liverpul"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Morata joriy mavsum “Atletiko” safida jami 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar