
"Atletiko" himoyachisi yozda jamoadan ketmoqchi
Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Xuanfran yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Goal.com nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 34 yoshli futbolchi etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani sabab mana shunday qarorga kelgan. “Matraschilar” esa tajribali himoyachisi bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Lekin, Xuanfran klub rahbariyatining bu boradagi taklifiga mavsum yakunida javob berishini aytgan.
Ma’lumot uchun, Xuanfran “Atletiko” safida jami 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U ztgan davr mobaynida jami 351ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 39ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakuniga qadar tuzilgan.
Fikrlar