
"Atletiko" Dibalaga taklif tayyorlamoqda
"Atletiko" Madrid o‘z safini "Yuventus" forvardi Paulo Dibala bilan kuchaytirmoqchi. Bu haqda TNT Sports nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “matraschilar” 26 yoshli argentinalik futbolchi uchun 35 million evro va ayni damda Turin klubida ijarada o‘ynayotgan hujumchi Alvaro Moratani bermoqchi.
O‘z navbatida, “keksa sinora” ham Dibalani tarkibda saqlab qolishni xohlayapti, ammo tomonlar 2022 yilda yakunlanadigan shartnomani yangilash masalasida til topisha olmayapti.
Dibalaning hozirgi transfer narxi 80 mln evroga baholanmoqda. “Atletiko” esa 40 million bermoqchi.
Fikrlar