
"Atletiko" Braziliya klubidan portugaliyalik futbolchini sotib oldi
Madridning "Atletiko" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali "Fluminense" hujumchisi Markos Paoloning transferini e’lon qildi.
20 yoshli futbolchi "Atletiko" bilan 2026 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan. Ammo hozircha “matraschilar” futbolchining transferi bo‘yicha qolgan ma’lumotlarni oshkor qilishmayapti.
Paolo "Fluminense" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu jamoa safida 65 ta o‘yin o‘tkazgan va o‘z hisobiga 11 ta gol hamda 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Markos Portugaliya yoshlar terma jamoasida 4 ta o‘yinda maydonga tushgan va 1 ta gol urgan.
Fikrlar