"Atletiko" 20 mln evroga "Portu" himoyachisini sotib oldi

  • 28 may, 2019, 10:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Portu" klubi himoyachisi Felipe faoliyatini "Atletiko" Madridda davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 30 yoshli braziliyalik futbolchining transferi “matraschilar”ga 20 mln evroga tushgan.

Ma’lumot uchun, Felipe “Portu” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U ushbu davr mobaynida jami 142ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!