Arveladze ketdi, endi «Paxtakor»ga nima bo‘ladi?

  • 22 dekabr, 2020, 10:03
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentning «Paxtakor» jamoasi bosh murabbiyi – Shota Arveladze kecha tunda Toshkentdan Istanbulga uchib ketganidan xabaringiz bor. Uning «sherlar» bilan shartnomasi yakunlangan. Shu bois, murabbiy o‘z kelajagi borasida yangi qaror chiqarish maqsadida ortga qaytib ketdi. Xo‘sh, uning ketishi «Paxtakor» uchun qanday ta’sir ko‘rsatadi? Bugun shu mavzu haqida fikr almashamiz.

Tecno

Shota

Ayni damda, Arveladzening «Paxtakor»dan ketishi borasida ikki xil fikr yuribdi. O‘zbek muxlislarining ayrimlari klub sifatli murabbiydan ayrilganidan xafa, yana ayrimlar yiliga 2 million evro tejab qolingani haqida fikr bildirmoqda. Darhaqiqat, Arveladzening klubni tark etishi bahsli vaziyat. Qahramonimiz «Paxtakor» safida barcha ichki musobaqalarda g‘alaba qozondi va to‘liq gegemonlik o‘rnata oldi. Afsuski, xalqaro maydonda uning omadi kelmadi. Toshkent klubi Arveladzeni yangi darajaga ko‘tarilish, professional darajada ishlash uchun jalb etgan edi. Qaysidir ma’noda, Shota buni amalda ko‘rsata oldi.

Ayniqsa, ortda qolgan mavsumda «Paxtakor» ichki chempionatda bir bosh baland o‘yin namoyish etdi va muddatidan avval chempion bo‘ldi. Kubok finalida esa, AGMKga hech qanday imkon qoldirmadi, ammo Arveladze faqat shu maqsadda klubga taklif etilgan edimi?

Katta ehtimol bilan Shota oldiga qo‘yilgan asosiy maqsadlar boshqa edi. Birlamchi vazifa sifatida jamoa shakllantirish va xalqaro maydondagi «Paxtakor»ning imijini ko‘tarish qo‘yilgani aniq. Sababi, Toshkent klubi Shota kelguniga qadar ham chempionlikni nishonlagan edi. «Sherlar» uchun ichki birinchilikda g‘oliblik yangilik emas. Jamoani shakllantirish borasida, Arveladze o‘z vazifasini to‘liq uddaladi. Uning qo‘l ostida, «Paxtakor»da har bir pozitsiya uchun ikkitadan kuchli futbolchi paydo bo‘ldi. To‘g‘ri, buning uchun klub anchagina pul ham sarfladi, lekin asosiysi natija bor. Xalqaro maydonda esa, «Sherlar» aytarli hech narsani uddalay olgani yo‘q. Bu so‘zlarimiz kimnidir xafa qilishi mumkin, biroq bunday katta imkoniyatlar bilan OChLning chorak finaliga chiqish ulkan natija hisoblanmaydi. Boz ustiga, klubda musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha imkoniyat mavjud edi. O‘tgan yilgi OChL bahslarida toshkentliklar hatto guruhdan ham chiqa olmagani yodingizdami? Bundan ko‘rinib turibdiki, Shota o‘z oldiga qo‘yilgan eng muhim ikkita vazifadan bittasida uddalay olmadi.

Hozircha «Paxtakor» klubi rahbarlari ichki voqealarni sir tutmoqda. Shotaning o‘rnini kim egallashi haqida ham hech qanday yangilik yo‘q. Bu vaziyatda sinchkov muxlis o‘zi uchun ikkita variantdan birini tanlashga to‘g‘ri keladi.

Birinchi variant : «Paxtakor»da moliyaviy imkoniyatlar cheklanadi. Shu bois, klub o‘z etakchilarini qo‘yib yubormoqda.

Ikkinchi variant: Jamoa Arveladzedan kuchliroq, xalqaro maydonda natija olib keladigan yangi xorijlik murabbiyni olib kelmoqchi. Ketganlarning o‘rnini esa, kuchli legionerlar bilan to‘ldiradi.

1) Agar birinchi variant haqiqatga yaqin bo‘lsa, kelasi mavsumda biz «Paxtakor»ning ancha kuchsizlashgan versiyasini ko‘rishga majbur bo‘lamiz. Derdiyok, Sergeev, Masharipov singari futbolchilarning tarkibda bo‘lmasligi, ichki chempionatda g‘alaba qozonish imkoniyatlarini keskin kamaytirib yuboradi. Boz ustiga, Dragan Cheranning ham ketishi haqida mish-mishlar yuribdi. Sports.uzning insayderlari bergan ma’lumotlarga qaraganda, futbolchiga Qozog‘iston va Tailandning bir nechta klublari qiziqib qolgan. Agar u ham klubni tark etsa, «Paxtakor» klubining byudjeti qisqartirilgani o‘z tasdig‘ini topadi. «Sherlar» o‘z «kamarini qattiqroq tortsa» ichki chempionatimizdagi boshqa klublar uchun qo‘shimcha imkoniyat paydo bo‘lishi mumkin. «Nasaf», «Navbahor» va «Lokomotiv» singari klublar kelasi mavsumda o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yganidan xabaringiz bor. Agar, toshkentliklar kichikroq byudjet bilan chempionlikni himoya qilmoqchi bo‘lsa, bu ancha mushkul vazifaga aylanadi.


2) Agar ikkinchi variant haqiqatga yaqinroq bo‘lsa, unda «sherlar» muxlislari xavotir olmasa ham bo‘ladi. Byudjet borasida muammolar bo‘lmasa, har qanday ketgan futbolchi va murabbiyning o‘rnini to‘ldirish mumkin. Katta pullar bu - doimo qo‘shimcha ustunlik degani. Bu esa, kichikroq byudjetdagi klublarni uzoq masofaga cho‘ziladigan turnirlarda osonlik bilan dog‘da qoldirish imkoniyatini yaratadi. Agar «Sherlar» o‘z brendining rivojlantirish maqsadida boshqa xorijlik mutaxassisni olib kelsa, bu O‘zbekiston klublarining xalqaro maydondagi reytingi uchun katta plyus bo‘ladi. Shunday bo‘lsada, ichki chempionatdagi intriga o‘z-o‘zidan yo‘qolishi aniq. Umuman olganda, «Paxtakor»ning katta byudjetga ega bo‘lishili o‘zbek futboliga ikki xil ta’sir qiladi.

Shotaning ketishi «Paxtakor» uchun katta yo‘qotishmi? O‘zbek futbolchi uchun-chi?

Shotaaaa

Keling, endi biroz ortga nazar tashlaymiz. Shota Arvaldze o‘zining O‘zbekistondagi ilk yillarida katta muammolarga uchradi. Chempionlik uchun kurashni boy berdi. Legioner tanlashda adashdi va Qarshida «Nasaf»ga 4:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Keyin esa, sekin-asta jamoani kuchaytirib bordi. Sifatli futbolchilar va kuchli legionerlarning («Nasaf»dan) kelishi jamoa qudratini oshirdi. Shota O‘zbekistonda qo‘li etadigan hamma iqtidorlarni o‘z jamoasiga jalb qildi va o‘yinni shakllantirishga urindi. O‘zi uchun kerak bo‘lgan hammani atrofiga jamladi. Tan olish lozim, Shota natija ko‘rsatishi uchun bir muncha vaqt talab qilindi. Asosiy tarkib futbolchilari uzoq muddat bir erda jam bo‘lgach, o‘z-o‘zidan jamoa jipslashib bordi. Yigitlar «Paxtakor»dan ketib qolmasligi uchun klub ularni moliyaviy hamma talablarni qondirib borganini ham unutmaslik lozim. Afsuski, shuncha urinishga qaramay, xalqaro maydonda natija ko‘rsatishning imkoni bo‘lmadi.

Shota mahalliy murabbiylardan kuchlimi?

shota12344

Tan olish lozim, Shota kuchli murabbiy. Boz ustiga, natija ham ko‘rsatdi, biroq bu uni mahalliy murabbiylardan kuchli, deb hisoblashimizga sabab bo‘ladimi? Ha u kuchli bo‘lishi mumkin, ammo Berdiev yoki Baqoevdan 2 bosh ustun, deyishimiz mumkin emas. Keling tan olaylik, uning qo‘l ostidagi moliyaviy imkoniyat va mamlakatimizdagi eng kuchli futbolchilar bilan Berdiev, Qosimov va hatto Abramov ham ichki birinchilikda g‘alaba qozonishi mumkin edi. Bu so‘zlarimiz bilan Shotani kuchsiz murabbiy demoqchi emasmiz, shunchaki u erishgan yutuq ortida boshqa omillar ham mavjud ekanligini aytmoqchimiz xolos.

Undagi imkoniyatlar agar Qosimov yoki hech yo‘q Ashurmatovda bo‘lganida o‘zimizning murabbiylar ham O‘zbekiston Superligasida g‘alaba qozonishi mumkin edi. Buni hamma tushunib turibdi. Shu bois, rahbariyat Arveladzening oldiga xalqaro maydondagi g‘alabalarni asosiy vazifa qilib qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Asosiy frontda natija bo‘lmagach, Shotaning ketishi (agar klub uning o‘rniga boshqa xorijlik murabbiyni olib kelmoqchi bo‘lsa) katta talofat emas. Ha u chiziqli himoyani tartibga soldi, ha u qanot vingerlari orqali tezkor futbol namoyish etdi, ha u bir mavsumda 100 ta gol uradigan jamoani shakllantirdi, ammo buning uchun unga «Paxtakor» hamma sharoitni yaratib berganini unutmaslik lozim! Agar u bu natijalarni nisbatan kuchsizroq, byudjeti kichik klubda amalga oshirganida, uning ketishi chempionatimiz va o‘zbek futboli uchun og‘ir zarba bo‘ladi, deyishimiz mumkin edi. To‘g‘ri, Shota kuchli mutaxassis. U Evropa futboli havosini «Paxtakor»ga olib keldi. Uning qo‘l ostida futbolchilarimizda progress kuzatildi.

Shunga qaramay, uning ketishi o‘zbek futboli uchun katta yo‘qotish, deb bo‘lmaydi. O‘z vaqtida, Skolari, Ziko, Nepomnyashchiy, Bob Xougton singari murabbiylar ketgach, ham o‘zbek futboli qulab ketmagan. U doimo bor va bo‘ladi. «Paxtakor»ga keladigan bo‘lsak, u avvalo o‘zining kelajak rejalarini tuzib olishi lozim. Yaqin yillar ichida qanday moliyaviy ahvolda bo‘lishini inobatga olgan xolda, reja bilan harakat qilishi lozim. Shu kunga qadar shaxmat doskasidagi eng asosiy figura sanalgan Shota Arveladze «o‘yindan chiqdi». Endi «Paxtakor» rahbariyati bu yo‘qotishni birgina «yurish» bilan o‘rniga qo‘yishi lozim!Aks xolda, «Paxtakor» «shaxmat doskasidagi» gegemonligini qo‘ldan chiqarib yuborishi aniq.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кахрамонжон Сафаров
22/12/2020 16:59
Нима Шота кетди деб кулимизга румолча олиб йиглайликми , нима килиб берди бу тупой грузин окаларинг вилоят жамоаларини судьялар ёрдвамида ютиб чемпион булганими бу ишни махаллий узбек тренерлари хам эплар эди , Осиёдаги уйинларини хам курдик нима янгилик килиб кетди бу грузин Узбек футболига бирон тактика олиб кирдими ёки бирон яхши футболчини кашф этдими факат УЗБЕКни пулини совуриб олиб кетди уни бахонасида яъни шоли бахона курмаклар хам сув ичиб колди холос , бироз уялинглар пахтани куйишдан олдин , йукотиш бу Шотани ортидан сокка килиб юрганлар учун холос 1 тийинга киммат тренер эди мен олдин хам хозир хам шу гапни айтаман эссиз Узбек Халкини пуллари бели огримаганлар пулни кандай сочишни яхши билишади халкни норизо килманглар илтимос
&
Admiral_uz
22/12/2020 10:50
Menimcha Jasur Abduraimov bosh murabbiy bo'lsa adolatdan bo'ladi, chunki u Shota kelishidan oldin kuchsiz tarkib bilan Paxtakorni kuchli o'ynatgan, ikkinchi varyat Qosimov, uchinchisi kerakmas sababi yaxshi xorijlik murabbiy kamida 4-5 mln € ga keladi, 1-2 mlnga keladigani o'zimiznikilardan kuchli bo'lmaydi
Кахрамонжон Сафаров
22/12/2020 17:00
Нима Шота кетди деб кулимизга румолча олиб йиглайликми , нима килиб берди бу тупой грузин окаларинг вилоят жамоаларини судьялар ёрдвамида ютиб чемпион булганими бу ишни махаллий узбек тренерлари хам эплар эди , Осиёдаги уйинларини хам курдик нима янгилик килиб кетди бу грузин Узбек футболига бирон тактика олиб кирдими ёки бирон яхши футболчини кашф этдими факат УЗБЕКни пулини совуриб олиб кетди уни бахонасида яъни шоли бахона курмаклар хам сув ичиб колди холос , бироз уялинглар пахтани куйишдан олдин , йукотиш бу Шотани ортидан сокка килиб юрганлар учун холос 1 тийинга киммат тренер эди мен олдин хам хозир хам шу гапни айтаман эссиз Узбек Халкини пуллари бели огримаганлар пулни кандай сочишни яхши билишади халкни норизо килманглар илтимос
Baxil Alihuja
22/12/2020 12:22
Жуда хам пахта куйворибсиз! Шота ахлат мураббий, унга берилган имконият хар кандай узбек мураббийига берилса, бу натижадан яхширогини бера оларди!
Nodirbek Nafasov
09/03/2021 19:13
bu yil kuramiz natijalarni
Nodirbek Nafasov
22/12/2020 10:56
xech bòlmaganda yana 1 yil qolish kerak edi shunda osiyo chempionatida xam yuqori natija kursatadi paxtakorni yaxlit jamoa qilib tuzgandi yangi murabbiy kelsa uning òz taktikasi òz qarashlari bor paxtakorni yangi murabbiy uzi xoxlagandik jamoa qilgunicha yana bir necha yil utib ketadi menimcha bu òzbek fudboli uchun yuqotish