
Artyom Filiposyan yana legionerga aylandi
Bunga qadar Tailand chempionatining “Tay” ligasi doirasida “Prachuap” jamoasi sharafini himoya qilgan hamyurtimiz Artyom Filiposyan aprel oyida shartnomasi yakuniga etgach, yurtimizga qaytgandi.
O‘tgan vaqt davomida futbolchiga o‘zimizning klublardan takliflar bo‘ldi. Biroq Filiposyan yakunda yana legioner sifatida to‘p surishga qaror qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Artyom “Tay-2” ligasida “Muangkan Yunayted” jamoasining a’zosiga aylandi. Natijada hamyurtimiz Tailandga jo‘nab ketdi.
Filiposyanning Sports.uzga aytishicha, yangi klubi bilan bir yillik shartnomaga imzo chekkan. O‘z navbatida “Muangkan Yunayted” klubi ham o‘zining instagramdagi sahifasi orqali Filiposyanni o‘z safiga qo‘shib olganini tasdiqladi.
Fikrlar