Artyom Filiposyan Tailandga qanday borib qoldi?

  • 16 mart, 2019, 23:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik futbolchi Artyom Filiposyan ushbu mavsumni Tailand chempionatida o‘tkazayotganidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Himoyachi mahalliy «Prachuap» jamoasi sharafini himoya qilmoqda. 

Tecno

Filiposyan bu jamoaga qanday kelib qolgani haqida gapirib o‘tdi

"O‘tgan yilgi chempionat tugashiga bir oy vaqt qolganida menga serbiyalik bir agent aloqaga chiqqandi. Lekin uni tanimasdim, men uchun noma’lum agent edi. O‘shanda u menga Tailand klubida o‘ynashga ishtiyoqing bormi deb so‘ragandi. Agentga ha, u qanday jamoa va qanday liga deb so‘radim. Keyin agentdan qiziqib meni qanday topdingiz dedim. Aytishicha, Adnan Oraxovats meni tavsiya qilgan ekan. Oraxovats men haqimda ularga ma’lumot bergach, mening o‘yinlarimni kuzatishgan va jamoa murabbiylariga ham o‘yinim ma’qul kelibdi. Keyin agent sen nima deysan, rozi bo‘lsang, shartlaringni gaplashib olamiz dedi. Shundan so‘ng 3-4 kun o‘tgach, menga Adnan Oraxovatsning o‘zi qo‘ng‘iroq qildi. «Paxtakor»da o‘ynab yurganida u bilan tanish edik. U ham bizni jamoada o‘ynashga ishtiyoqing bormi, murabbiylar seni ko‘rishni xohlashyapti, darhol shartnoma taklif qilishga tayyor turishibdi dedi. Shu tariqa ularga roziligimni berdim va shart-sharoitlarni gaplashib oldik. Bizda mavsum tugaganidan keyin tailandliklar menga chipta yuborishdi 16 dekabr kuni etib bordim va «Prachuap» jamoasi bilan shartnoma tuzdim", - deydi Filiposyan.

Artyom Filiposyan bilan uyushtirilgan suhbatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin>>>

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!