
Artyom Filiposyan: "Paxtakor"ni yutish har kimga ham emas"
“Andijon” klubining o‘z maydonida “Paxtakor”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgani chinakamiga kutilmagan natija sifatida qabul qilindi.
Shu sababdan ko‘plab futbol mutaxassislari va o‘yinchilar ham “Andijon”ning ushbu g‘alabasi haqida fikr bildirishyapti.
Ayni paytda Tailand chempionatida to‘p surayotgan Artyom Filiposyan ham “Paxtakor” ustidan qozonilgan g‘alabaga befarq qarab turmadi va o‘z fikrlarini quyidagicha bildirdi.
- Gap yo‘q, qoyilman. Sensatsiya! Bunday g‘alaba bilan “Andijon” Superligada qolishga loyiq.
Bundan keyingi uchrashuvlarda ham andijonliklarga omad tilayman. “Paxtakor”ni yutish har kimga ham emas, tabriklayman, - dedi Filiposyan.
Fikrlar