Artyom Filiposyan muhim bahs oldidan fikr bildirdi

  • 24 iyun, 2022, 08:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun “So‘g‘diyona” OFK Kubogidagi ishtirokini boshlaydi. Ilk bor bu musobaqada qatnashayotgan jizzaxliklardan umidimiz katta.

Tecno

Jamoa safidagi tajribali o‘yinchilardan biri Artyom Filiposyan 2011 yili “Nasaf” bilan OFK Kubogini yutganini bilsangiz kerak. U endi “So‘g‘diyona” safida faoliyatida ikkinchi bor mazkur turnirda qatnashadi. Qirg‘izistonning “Neftchi” jamoasiga qarshi bahs oldidan Filiposyan shunday dedi:

“Tayyorgarlik yaxshi bo‘ldi. Hammamizda kayfiyat yaxshi. Tojikistonga kelishdan oldin Toshkentda sun’iy maydonda 10 kun tayyorgarlik ko‘rdik va shug‘ullandik. Nasib bo‘lsa, O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishga harakat qilamiz”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!