
Artyom Filiposyan Iroqdan tushgan taklifni rad etdi
Ma’lumki, tajribali himoyachi Artyom Filiposyan ortda qolgan mavsumni Tailand chempionatida «Prachuap» tarkibida o‘tkazdi. Futbolchimiz ushbu klub bilan Kubok sohibi bo‘lgani ham e’tiborga molik edi. Ammo klub bilan tuzilgan shartnomasi nihoyasiga etgani sababli Artyom faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi.
Ayni chog‘da esa futbolchimizning xizmatlariga qiziqish bildirayotgan klublar talaygina. Biroq hozircha uning yana xorijda yoki o‘zimizning chempionatda to‘p surishi borasida oydinlik kiritilmagan.
Yaqinda esa Iroqning etakchi jamoalaridan biri sanalagan «Al Shorta» futbolchimizning xizmatlariga qiziqib qoldi. Shu maqsadda klub tomonidan Filiposyanga jiddiy taklif kelib tushdi. Biroq Artyom ushbu taklifni o‘ylab ko‘rgach, iroqliklarga rad javobini bergani ma’lum bo‘ldi. Hozirda esa unga Superliganing bir qator klublaridan aniq takliflar bo‘lmoqda. Shu bois futbolchi muzokaralarni davom ettirmoqda. Tez orada uning qaerda to‘p surishiga oydinlik kiritilsa ajab emas.
Fikrlar