
Artyom Filiposyan "Bunyodkor"da!
Tajribali himoyachi Artyom Filiposyan yaqinda Tailanddan qaytib keldi. U erda “Prachuap” jamoasi sharafini himoya qilgan holda chempionatda 10-o‘rinni egalladi.
Yurtimizga qaytgach, biroz hordiq chiqargan Filiposyan sport formasini saqlab turish maqsadida “Bunyodkor”ning mashg‘ulotlarida ishtirok etib turibdi.
Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, uning oldida Superliganing bir qator klublaridan aniq takliflar bor. Lekin Artyom yana legioner sifatida xorijga ketishi ham ehtimoldan holi emas. Agar chetdan o‘zini qoniqtiradigan taklif bo‘lmasa, ikkinchi davrani O‘zbekiston chempionatida o‘tkazadi. Futbolchi may oyida bir qarorga kelishi kutilmoqda.
Fikrlar