
Artyom Dzyuba faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin
Frantsiyaning "Marsel" klubi "Zenit" hujumchisi Artyom Dzyubani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Lephoceen.fr xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra marselliklar prezidenti Jak-Anri Eyro va klub sport direktori Andoni Subisarreta rossiyalik futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan uchrashishgan. Gap shundaki, “Marsel” Dzyubani jamoadan ketgan italiyalik to‘purar Mario Balotellining o‘rniga munosib ko‘rishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Dzyuba o‘z kuchini APLda sinab ko‘rmoqchi ekanligi haqida bir necha bor aytib o‘tgan edi.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli Dzyuba o‘tgan mavsum “Zenit” safida 37ta o‘yinda maydonga tushdi va 13ta gol hamda 12ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar