
Artetaning "Arsenal"dagi kelajagi ma’lum bo‘ldi
"Arsenal" yana bir mavsumni sovrinsiz o‘tkazdi. Bu muxlislarning hafsalasini pir qilishi mumkin, biroq direktorlar kengashi Mikel Arteta faoliyatini yuqori baholadi. Bu haqda "TEAMtalk" nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, London klubi rahbarlarining fikricha, "kanonirlar" APL chempionligi va Chempionlar ligasi bosh sovriniga juda yaqin turibdi. Umuman olganda, bosh murabbiy o‘zgarmaydi. Chempionlar Ligasidan chiqib ketganidan keyin ham "Arsenal" rahbarlari Artetani qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.
Ushbu manbalar London jamoasi murabbiylari o‘rnini almashtirish bo‘yicha har qanday mish-mishlarni yo‘qqa chiqaradi. "Arsenal" direktorlar kengashi allaqachon Mikel Arteta bilan yozgi transferlarni rejalashtirmoqda.
Fikrlar