
Arteta: "Timber to‘liq sog‘aygani yo‘q"
Xabaringiz bor, "Arsenal" futbolchisi Yurrien Timber safga qaytdi. Uning jamoa bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etayotganligi borasida mish-mishlar chiqqandi. Ammo klub bosh murabbiyi Mikel Arteta himoyachi hali to‘liq sog‘aymaganligini ta’kidladi.
"Timber hali ham jamoaning bir qismi bo‘lishga tayyor emas, lekin xodimlar uning sabrli ekanligidan juda mamnun". "Yuurrien bilan hammasi joyida, endi biz uni boshqarishimiz kerak", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Timber APLdagi debyut bahsining o‘zidayoq jiddiy jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqandi.
Fikrlar