Arteta: "So‘nggi yillarda ustunlik qiluvchi jamoa bir necha marta o‘zgardi"

  • 21 noyabr, 23:33
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yakshanba kuni APLning 12-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Arsenal" "Tottenxem"ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuv oldidan "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta shimoliy London derbisini nima uchun maxsus deb hisoblaganini ma’lum qildi.

Tecno

"Bu o‘yin boshqacha. London katta shahar va biz undagi muayyan hudud uchun kurashamiz. Ular ham xuddi shuni istashadi. O‘tgan yillar mobaynida dominant jamoa bir necha marta o‘zgargan.

Bu alohida his, ayniqsa o‘z muxlislarimiz oldida, uyimizda o‘yin olib borganda. Ular qanday energiya olib keladi, jamoa har harakatga qanday harakat qo‘shadi – hammasi ma’lum.

Bunday uchrashuvda o‘ynash biz uchun ulkan sharaf, shuning uchun yakshanba kunini intizorlik bilan kutib olyapmiz", – deya ta’rif berib o‘tdi "kanonirlar" bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!