Arteta: "Jezus - raqib himoyachilari uchun "qo‘rqinchli tush"

  • 17 iyul, 2022, 16:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" o‘rtoqlik o‘yini doirasida "Everton"ga qarshi maydonga tushdi. Unda "kanonirlar" ishonchli 2:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvdan so‘ng London klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta shogirdi Gabriel Jezusni alohida e’tirof etdi.

Tecno

"U raqib jarima maydonida tartibsizlik yaratish borasida juda ajoyib harakat qiladi. Jezusning borligi bizga katta foyda keltiradi, deb o‘ylayman. 

Gabi - raqib himoyachilari uchun "qo‘rqinchli tush" bo‘la oladi. Uning faolligi, bosim uyushtirishda yaxshi harakatlanishi juda kerakli jihat.

Menga bunday futbolchilar doim kerak bo‘lgan. Bu mavsumdan umidimiz katta. Biz yaxshi natijalar qayd etishga umid qilamiz", - dedi ispaniyalik mutaxassis. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!