Arteta hakamlikni tanqid qildi: "Ikkita penalti tepishimiz kerak edi"

  • 4 yanvar, 2023, 09:40
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 19-turidan o‘rin olgan "Arsenal" - "Nyukasl" uchrashuvida tomonlar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida londonliklar bosh murabbiyi Mikel Arteta quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"Shogirdlarim bilan faxrlanaman. Biz bellashuvni ustunlikda o‘tkazdik, nazorat qildik, ammo hujumlarni yakunlashda so‘nggi zarbani beradigan futbolchi etishmadi. Bunday holatga ko‘p duch kelganmiz. So‘ngra, tayinlanmagan ikkita bahsli penalti.

Ikkala vaziyatda ham 11 metrlik jarima zarbasi bor edi. Men ko‘rganimni aytyapman. Amalga oshirgan ishlarimiz bilan faxrlanaman. 

Agar g‘alaba qozona olmasangiz, yutqazmaslik ham lozim. Biz juda yaxshi o‘yin namoyish etdik va darvozamiz daxlsizligini saqlab qoldik. Ushbu o‘yinni yutishni istagandim, biroq bellashuv durang bilan yakunlandi. Umuman olganda, ikkita penalti tepishimiz kerak edi",-deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi ispaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, mazkur qarama-qarshilikda Endi Medli bosh hakam sifatida ishladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!