Arteta: “Gvardiola – menga futbolda qanot bag‘ishlagan inson”

  • 17 aprel, 15:32
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Mikel Arteta "Real"ga qarshi javob o‘yini oldidan Pep Gvardiola bilan suhbatlashganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Pep unga katta ilhom bag‘ishlagan:

"Ushbu bosqichga etib kelganimda Gvardiolaning hissasi juda katta. U men uchun katta ilhom manbai bo‘lgan. U bilan to‘rt yil birga ishladim – bu men uchun juda boy tajriba bo‘ldi. Undan har doim minnatdor bo‘laman. Agar u bo‘lmaganida, ehtimol, bu erda bo‘lmasdim" – dedi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Arteta 2016–2019 yillar oralig‘ida "Manchester Siti"da Pep Gvardiolaning yordamchi murabbiyi sifatida ishlagan. Bugun esa u Evropaning eng kuchli murabbiylaridan biriga aylanib, "Arsenal" bilan Chempionlar Ligasi yarim finaliga yo‘l oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!