Arteta chempionlik poygasi haqida: Hali yo‘l uzoq, biz faqat keyingi bahs haqida o‘ylayapmiz

  • 28 avgust, 2022, 14:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta kechagi "Fulxem"ga qarshi bahsdan so‘ng chempionlik poygasi haqidagi savolga javob berdi. 

Tecno

"G‘alaba qozonish - doim yoqimli. Ammo tan olaman, biz katta qiyinchilik bilan maqsadimizga etishdik. 

Biz xato qildik va darhol jazolashdi. Ammo keyin muammolarga jiddiy e’tibor qaratganimiz va ishonch bilan maqsad sari yurganimiz quvonarli hol bo‘ldi. Yakunda ko‘rganingizdek, 3 ochkoga ega chiqdik.

Chempionlik haqida gapirishga hali erta. Oldinda uzoq yo‘l kutib turibdi. Biz faqat kelgusi bahs haqida o‘ylayapmiz, xolos", - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!