
Arteta "Arsenal"ning chempionlik poygasidagi imkoniyatlari haqida gapirdi
Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida jamoasining chempionlik poygasidagi imkoniyatlarini baholadi.
“Umidsizlik katta, chunki biz yutqazdik. Ikki jamoa o‘rtasida ajoyib jang bo‘ldi. Bizda ham yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi, lekin ularni golga aylantira olmadik.
Chempionlik poygasi? Men chempionlikni qo‘lga kiritishga ushbu uchrashuv oldidan ishonganimdan ko‘ra ko‘proq ishonaman, chunki “Siti”ga qarshi teng sharoitlarda o‘ynaydigan jamoani ko‘rdim. Bir necha kundan keyin navbatdagi o‘yinni o‘tkazamiz. Men o‘z yigitlarimga ishonaman”, - dedi ispaniyalik mutaxassis BBC Sport nashriga bergan intervyusida.
Kechagi o‘yindan so‘ng "Manchester Siti" "Arsenal"ni birinchi o‘rindan tushirdi, ammo "kanonirlar" hisobida bitta qo‘shimcha o‘yin bor.
Fikrlar