
Arshavin ham JCh-2022 da qaysi terma jamoa g‘olib bo‘lishini taxmin qildi
Rossiya terma jamoasi hamda Londonning “Arsenal” klubi sobiq futbolchisi Andrey Arshavin JCh-2022 yarim finali oldidan chempionlikni qo‘lga kiritadigan terma jamoa nomini aytdi.
“Frantsiya jahon chempionatida g‘olib chiqadi. Menimcha, ularda eng barqaror o‘yin, garchi optimal bo‘lmasa-da, jiddiy tarkib bor. Lekin ular hamma bosqichlarda ishonchli qadam tashlashmoqda”, - dedi Arshavin Match TV ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi jahon chempionlari bugun, 14 dekabr kuni yarim final bosqichida Marokash bilan to‘qnash keladi. Jahon chempionatining final o‘yini esa 18 dekabr, yakshanba kuni Lusayda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar