Arshavin: Bunaqasi 50 yildan keyin ham bo‘lmaydi

  • 25 dekabr, 2020, 12:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Zenit” klubi va Rossiya terma jamoasi afsonasi Andrey Arshavin RPL klublarining evrokuboklardagi darajasi haqida gapirdi.

“UEFA kubogini biz va TsSKA yutganmiz xolos. Bunaqasi 50 yildan keyin ham bo‘lmaydi.

Bilasizmi, Rossiya klublari maksimum qaysi kubok uchun da’vogarlik qilishi mumkin? Ular Konferetsiyalar kubogini (Konferentsiyalar ligasi) yutishi mumkin. Ana o‘sha erda imkoniyat bor.

Nega oldin shunday bo‘lgan? Tasodif, omad, futbolchilarning saviyasi, barchasi ishladi. Qolaversa, bizning klublarimiz moliyaviy tomondan eng zo‘r jamoalar darajasida bo‘lmasa ham, bunga juda yaqin edi”, - dedi Arshavin.

Ma’lumot uchun, UEFA Konferentsiya Ligasi - UEFAga a’zo futbol klublari o‘rtasida har yili o‘tkaziladigan musobaqa. Klublar milliy ligalar va kubok bahslaridagi o‘yinlariga qarab musobaqaga yo‘l olishlari mumkin. Bu Chempionlar Ligasi va Evropa Ligasidan keyin uchinchi darajada turuvchi musobaqa hisoblanadi. Konferentsiya Ligasining ilk mavsumi 2021/2022 yilgi mavsumda o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!