"Arsenal"ning yangi sardori kim bo‘ladi?

  • 15 dekabr, 2021, 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Per-Emerik Obameyang intizomiy qoidabuzarlik uchun sardorlik bog‘ichidan mahrum qilinganidan keyin "Arsenal" klubi yangi sardor saylaydi.

Tecno

Talksport xabariga ko‘ra, himoyachi Kiran Tirni va hujumchi Aleksandr Lyakazett bu nomga asosiy nomzodlar sifatida tilga olinmoqda.

Manbaga ko‘ra, jamoaning sobiq sardori Granit Jaka va darvozabon Aaron Ramsdeyl nomzodi ham ko‘rib chiqilmoqda. Ta’kidlash kerakki, Jaka ham o‘z vaqtida nomaqbul xatti-harakati uchun sardorlik bog‘ichidan mahrum qilingan edi.

“Arsenal” joriy mavsum 16 turdan so‘ng APL musobaqa jadvalida 6-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!