
"Arsenal"ning sobiq hujumchisi MLSda to‘purarlik qilmoqda
“Los-Anjeles” klubi forvardi Karlos Vela kecha MLSning navbatdagi turidan o‘rin olgan “Dallas”na (2:0) qarshi bahsda g‘alaba goliga mualliflik qildi.
E’tiborlisi, 30 yoshli meksikalik futbolchi shu tariqa mavsumda o‘tkazilgan 13ta o‘yinda 13ta gol urdi va u hozircha to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, undan keyingi pog‘onada esa 9ta gol urgan “Los-Anjeles Gelaksi” klubi forvardi Zlatan Ibragimovich bormoqda. Biroq, aytish kerakki, shvetsiyalik futbolchi Veladan 3ta o‘yin kam o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, Karlos Vela muxlislarga Londonning “Arsenal” klubidagi faoliyatidan yaxshi tanish.
Fikrlar