
"Arsenal"ga nima etishmayapti? Arteta javob berdi
Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaning asosiy muammosini aytdi. Eslatib o‘tamiz, kecha "kanonirlar" Chempionlar ligasi doirasida "Inter"ga qarshi o‘yinda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.
Qayd etish lozimki, bu London klubi uchun ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. O‘tgan shanba kuni Arteta jamoasi APL doirasida "Nyukasl"ga xuddi shu hisobda mag‘lub bo‘lgandi.
"Arsenal"ga nima etishmayapti? Jarima maydonida o‘ynash. Bu Chempionlar Ligasi, bugun hammasini jarima zarbalari hal qildi. Shubhasiz, jarima maydonchasi ichidagi har bir qaror muhim", - dedi Arteta uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
"Arsenal" navbatdagi uchrashuvini 10 noyabr kuni Angliya Premer-ligasi doirasida safarda hamshahari “Chelsi”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar