"Arsenal"da "Manchester Siti"ga qarshi o‘yindan oldin jiddiy yo‘qotish!

  • 4 oktabr, 2023, 07:26
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasining 2-turidan o‘rin olgan "Lans" - "Arsenal" o‘yini frantsiyaliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. Bahsning 35-daqiqasida Bukayo Saka o‘zini noqulay his qilgani uchun zaxiraga olindi. 

Tecno

Hozircha klub tomonidan futbolchining holati bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q. Ammo bosh murabbiy Mikel Arteta o‘yindan keyin vingerning ahvoli yomonligini ta’kidladi. 

Mish-mishlarga ko‘ra, bu engil jarohat bo‘lishi ham mumkin. Uni shunchaki "Manchester Siti"ga qarshi uchrashuvga tayyor bo‘lishi uchun ham ispaniyalik mutaxassis tavakkalga qo‘l urmadi, deya xabar bermoqda ayrim nashrlar. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!