
"Arsenal" va PSJ EChL doirasidagi javob bellashuvidan avval ichki chempionatda bir xil hisobda mag‘lub bo‘ldi
Bir necha daqiqa oldin "Arsenal" va PSJ klublari ishtirokidagi bellashuvlar o‘z nihoyasiga etdi
"Arsenal" Angliya Premer-ligasining 35-turida "Bornmut" bilan kuch sinashib, kambek qurboni qurboni bo‘ldi (1:2). Dastlab 34-daqiqada Deklan Rays hisobni ochgan bo‘lsa, 67 va 75 - daqiqalarda Din Xyoysen va Evanilson ikki burchak zarbasidan unumli foydalangan holda jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Luis Enrike boshchiligidagi parijliklar esa safarda "Strasbur" bilan to‘qnash kelib, xuddi to‘pchilar singari 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. To‘qnashuvning 20-daqiqasida hisob ochilgan bo‘lsa, birinchi bo‘limning qo‘shib berilgan daqiqalarida Feliks hisobni 2 taga etkazib qo‘ydi. Shuningdek, ikkinchi bo‘limning avvalida Barkola hisobni qisqartirgandan so‘ng biz o‘yinda boshqa gol ko‘rmadik.
Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" va PSJ o‘rtasidagi javob bellashuvi 7 maydan 8 mayga o‘tar kechasi soat 00:00 da start olishi rejalashtirilgan.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum
- Fransiya - Liga 1
- Joriy Mavsum

Strasburg
- Lucas Hernández 20'
- Félix Lemaréchal 45'
03.05.2025 20:00

PSJ
- Bradley Barcola 46'
Fikrlar