
"Arsenal" "Real" nishonidagi yulduzni sotib olmoqchi
"Arsenal" o‘z tarkibini ikki futbolchi bilan kuchaytirish niyatida.
Ta’kidlanishicha, londonliklar hujum va yarim himoya chizig‘i uchun nomzodlar izlamoqda. Ulardan biri "Manchester Siti" forvardi Gabriel Jezus. Erling Xoland "shaharliklar" safiga kelib qo‘shilganidan so‘ng braziliyalik futbolchining kelajagi so‘roq ostida turibdi. Hatto, Jezusning agenti muzokaralar boshlanganini tasdiqladi.
Bundan tashqari, "kanonirlar" short-listidagi yarim himoyachi "Lester" a’zosi Yuri Tilemans sanaladi. Belgiyalik futbolchining o‘zi "Arsenal"ni uning uchun EChLda o‘ynash imkonini beradigan klub deb hisoblamoqda.
Jezusning transfer narxi 50, Tilemansniki esa, 55 million evroga baholanyapti. Avvalroq, Yuriga "Real"dan ham jiddiy qiziqish borligi xabar qilingandi.
Fikrlar