
"Arsenal" qishda katta transfer amalga oshirmoqchi
"Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinda "Arsenal" vingeri Bukayo Saka jarohat oldi. Bundan tashqari Rahim Sterlingning tizzasida muammo bor va u ham jamoaga yordam bera olmayapti. "Kanonirlar" esa bunga echim sifatida "Vulverxempton" hujumchisini sotib olmoqchi.
Ammo "bo‘rilar" APLda qolish uchun kurashayotgan bir paytda o‘zining muhim straykerini qo‘yib yuborishni istamaydi, yokida narxni ko‘taradi. Shundoq ham o‘zi Mateus Kunya "Atletiko"dan "Vulvs"ga 44 million funt sterling evaziga kelib qo‘shilgan. Bu sarmoya uchun rahbariyat ham foyda ko‘rishni istaydi, lekin qishda emas. Ular yozda takliflarni ko‘rib chiqishni rejalashtirayotgandi.
25 yoshli braziliyalik hujumchi mavsumni ajoyib o‘tkazmoqda. U APLda 10 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga, 4 ta assisti ham bor. Mateus o‘yindan o‘yinga ochilib bormoqda. Ayniqsa, uning "Manchester Yunayted"ga qarshi harakatlari "Molinyu"ga tashrif buyurgan muxlislarni futboldan rohat olishi uchun etarli bo‘ldi. Gol haqida esa gapirishni keragi yo‘q.
Aytggancha, "Manchester Yunayted" bir hafta ichida ikkinchi marta burchak zarbasidan gol o‘tkazib yubormoqda...
Jamoaga Vitor Pereyra kelganidan keyin ketma-ket ikkita bahs zafar quchdi. Klubda g‘alabalar soni oshishi va turnir jadvalida yuqorilashi tarkibdagi futbolchilarga bo‘lgan e’tiborni ham oshiradi. So‘nggi kunlarda Kunya bilan ham shunday bo‘lmoqda. U uchun nafaqat "Arsenal" balki boshqa jamoalar ham kurashga qo‘shilishi mumkin. Bu esa narxni yanada oshiradi.
Mateusning o‘zi ham top klublarda to‘p tepishni istaydi. Agarda jamoalar o‘zaro kelisha olishsa, u "Arsenal"da to‘p tepish ehtimoli yuqori. Ammo bu qiyin bo‘ladi. Hozircha taxminiy summalar haqida xabarlar mavjud emas.
"The Telegraph" nashri xabariga tayanib tayyorlandi
Fikrlar