
"Arsenal" Italiya terma jamoasi etakchilaridan birining transferi bo‘yicha ish boshladi
Londonning "Arsenal" klubi rahbariyati "Sassuolo" yarim himoyachisi Manuel Lokatellining transferi masalasida muzokaralarni boshladi.
Goal.com tarqatgan xabarga qaraganda, "kanonirlar" allaqachon 23 yoshli futbolchining transferi masalasida A Seriya klubiga rasmiy taklif bilan murojaat qilgan. Hozircha, “Arsenal” Manuel uchun qancha mablag‘ taklif qilayotgani ma’lum emas.
Lokatelli yakunlangan mavsum "Sassuolo" safida jami 34 o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda 4 gol hamda 3 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
“Arsenal” o‘tgan mavsum APLda 8-o‘rinni egalladi. “Sassuolo” ham A Seriyani 8-pog‘onada tugatdi.
Fikrlar