
“Arsenal” ikki himoyachidan voz kechdi
“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta tarkibda muayyan o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaror qildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “kanonirlar” ustozi ikki chap qanot himoyachilari – Kiran Tirni va Aleksandr Zinchenko xizmatlaridan voz kechishga tayyor.
Kiran Tirni og‘ir jarohatdan keyin safga qaytdi. Mikel Arteta bu futbolchini mavsum oxirigacha tarkibda ushlab turadi. 30 iyun kuni Tirnining shartnomasi tugaydi. Kiran faoliyatini “Seltik”da davom ettirishi hal bo‘lgan masala hisoblanadi.
Aleksandr Zinchenkoning ishi murakkabroq. London klubi ukrainalik futbolchidan imkon qadar tezroq qutilmoqchi. Himoyachining transfer summasi 20 million evroni tashkil qilyapti.
Fikrlar