
"Arsenal" hujumchisini saqlab qolish niyatida emas
Rahim Sterling ijara shartnomasi tugagach, Londonning "Arsenal" jamoasida qolmaydi. "Daily Express" nashrining xabar berishicha, "kanonirlar" futbolchini "Chelsi"dan to‘liq sotib olishni istamayapti.
Manbaga ko‘ra, "to‘pchilar" rahbariyati Sterlingni olib kelganidan so‘ng afsuslangan va u bilan hamkorlikni davom ettirish niyati yo‘q. Endilikda uning kelajagi "aristokratlar" rahbariyati tomonidan hal qilinadi.
Futbolchining "Chelsi" bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.
Ushbu mavsumda Sterling "Arsenal" safida 28 ta uchrashuvda ishtirok etishga muvaffaq bo‘lib, 1 gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 10 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar