
“Arsenal” futbolchisi uchun 3 ta klub xaridor
“Arsenal” yarim himoyachisi Enzli Meytlend-Naylz jamoani tark etishi mumkin. Bosh murabbiy o‘z uslubiga mos tushadigan futbolchilarni olib kelmoqchi va bu borada unga ko‘proq mablag‘ zarar qilmaydi.
Bu mavsum barcha turnirlarda 32 uchrashuvda maydonga tushganligiga qaramay, 22 yoshli futbolchi Mikel Artetaning yangi mavsum uchun rejalariga kirmaydi. Boz ustiga, nomlari sir tutilayotgan 2 APL jamoasi hamda Bundesliganing 1 klubi uni sotib olish uchun taklif yuborgan.
Meytland-Naylzning “kanonirlar” bilan yana 3 yillik shartnomasi bor. U bu mavsum premer-ligada 20 o‘yin o‘tkazib, 2 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar