
"Arsenal" futbolchisi Masharipov o‘ynayotgan klubdan taklif oldi
"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Al Nasr" jamoasidan taklif oldi. Saudiyaliklar futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.
"Evening Standard" nashriga ko‘ra, arab klubi gabonlik forvard ijarasi uchun London klubiga 6,5 million funt sterling taklif qilgan. Lekin "to‘pchilar" bunga hali javob yo‘llamadi.
"Transfermarkt" portalida 32 yoshli futbolchi 15 million evroga baholangan.
Obameyang joriy mavsum APLdagi 14 bahsda 4 ta gol va bitta assist muallifiga aylangan.
Fikrlar