
“Arsenal” bugun yangi transferni e’lon qiladi
"Manchester Siti" hujumchisi Gabriel Jezus tez orada "Arsenal"ning yangi futbolchisi sifatida tanishtiriladi. Jurnalist Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, klublar barcha kerakli hujjatlarni allaqachon rasmiylashtirgan.
Oldinroq, "kanonirlar" hujumchi uchun 45 million funt to‘lashi, 25 yoshli futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qilishi xabar qilingandi. Jezus allaqachon Londonda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Insayd ma’lumotlarga ko‘ra, braziliyalik “to‘pchilar” safida 9-raqam ostida to‘p tepadi.
2021/22 yilgi mavsumda hujumchi “Manchester Siti”ning barcha musobaqalar doirasidagi 41 o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 12 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar