“Arsenal” Benzemani olib kelishga qaror qildi

  • 19 yanvar, 2024, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” uzoq kutilgan chempionlikni qo‘lga kiritish uchun hujum chig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan.

Tecno

Manbalarning ta’kidlashicha, bosh murabbiy Mikel Arteta jamoaga Karim Benzemani qo‘shib olmoqchi. Karimning “Al-Ittihod” rahbariyati bilan munosabatlari buzilgan. Saudiya klubi bosh murabbiyi Marselo Galyardo 36 yoshli mashhur futbolchini mashg‘ulotlardan chetlatgan edi.

Bunday munosabat Karim Benzemani jumbushga keltirdi. Frantsiyalik forvard Saudiyadan ketish yo‘lini qidiryapti.

“Arsenal” mutasaddilari Benzemani mavsum oxiriga qadar ijaraga olish bo‘yicha ish boshladi.

“Real”dagi faoliyatini yakunlab, “Al-Ittihod”ga ko‘chib o‘tgan Karim Benzema 24 ta uchrashuvda 15 ta gol va beshta assist qayd etganiga qaramay, muxlislar tomonidan keskin tanqid qilinmoqda. Bunga jamoaning yuqori o‘rinlarga ko‘tarila olmayotgani sabab bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!