
“Arsenal” bazo‘r shartnoma qilgan to‘purardan osongina voz kechmoqda
“Arsenal” rahbariyati o‘tgan mavsum oldidan Per-Emerik Obameyangni jamoada qolishga bazo‘r ko‘ndirgan edi.
Endi “kanonirlar” rahbariyati gabonlik hujumchidan tezroq qutilmoqchi va uni yozgi transferlar oxirigacha sotib yuborishni maqsad qilgan.
32 yoshli to‘purarning “Arsenal” bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadi va Obameyang ushbu bitim bo‘yicha haftasiga 350 ming funt maosh olmoqda. “Kanonirlar” uni sotib yuborib, maosh fondini tejamoqchi.
Bosh murabbiy Mikel Artetaga Obameyangning sermahsulligi pasaygani yoqmayapti. O‘tgan mavsumda hujumchi premer-ligada 29 ta o‘yinda 10 ta gol urdi xolos.
Fikrlar