"Arsenal" - "Barselona": Ayollar o‘rtasidagi EChL finali oldidan prevyu

  • 24 may, 16:52
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun ayollar o‘rtasidagi EChL finali bo‘lib o‘tadi - "Arsenal" Lissabonda "Barselona" bilan kuch sinashadi.

Tecno



"Arsenal" 2007 yildan beri birinchi marta Chempionlar Ligasi finalida o‘ynaydi. O‘sha paytda ayollar o‘rtasidagi asosiy klub musobaqasi UEFA ayollar kubogi deb atalgan va finallar ikki o‘yinda o‘tkazilgan edi. Marta va Lize Klaveness tarkibidagi "Umeo" ustidan qozonilgan g‘alabani Aleks Skottning yagona goli ta’minladi. O‘shandan beri "to‘pchilar" yarim finaldan nariga o‘ta olishmagandi.

Kataloniyaliklarda vaziyat ancha osonroq, jamoani Pere Romeu boshqarmoqda. U avvalroq La Masiyada ishlagan (hatto Gavi bilan ham to‘qnashgan), avvalgi murabbiy Xiraldes jamoasida esa tahlil va o‘yinlarga tayyorgarlik bilan shug‘ullangan.

Romeu Xiraldesning futbol uslubini meros qilib oldi va barcha eng yaxshi futbolchilar safga qaytdi. Besh tur davomida "blaugrana" 25 ta gol urdi, bu Ispaniya ayollar chempionatidagi zaif raqobat sharoitida ham e’tiborga loyiq natija. Bunga yozda "Volfsburg"dan o‘tgan Eva Payor katta hissa qo‘shdi - polshalik barcha musobaqalarda 42 marta to‘p kiritdi. Bu haqiqatan ham ajoyib ko‘rsatkich.

Jamoalarning o‘zaro bahslardagi natijalari qanday?

4 ta - aynan shuncha o‘yinni "Arsenal" va "Barselona" Chempionlar Ligasida o‘zaro o‘tkazgan.

Klublar ilk bor 2012 yilda 1/32 finalda to‘qnashgan, o‘shanda "blaugrana" hali professional maqomga ega bo‘lmagan edi. "Kanonirlar" osonlik bilan navbatdagi bosqichga o‘tdi - safarda 3:0, o‘z maydonida 4:0 hisobida g‘alaba qozondi, himoyachi Jen Bitti esa het-trik qayd etdi. O‘sha mavsumda ular yarim finalga qadar etib bordi.

Keyingi o‘zaro uchrashuvni 9 yil kutishga to‘g‘ri keldi va bu safar guruh bosqichida ko‘k-anorranglilar 8:1 hisobida g‘alaba qozondi. Kataloniyaliklar safida hozirda jamoani tark etgan Jennifer Ermoso, Like Martens, Asisat Oshoala va Mariona Kaldentey gol urgandi.

Xalimova Nozima

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!