
Arsen Venger Rossiyada ishlashga tayyor
Mashhur futbol agenti Sandor Varga "Arsenal"ning sobiq ustozi Arsen Venger Rossiyada ishlashga tayyorligini ma’lum qildi.
"Venger har doim Rossiyaga kelishga tayyor. Men yaqinda u bilan uchrashdim, u Rossiyani yuragida iliqlik bilan esladi. Ishonch bilan ayta olamanki, Venger har doim kelishga tayyor", - dedi Varga.
Eslatib o‘tamiz, 71 yoshli Venger "Arsenal"ni 2018 yilda tark etdi va shundan buyon murabbiylik qilmayapti. Frantsiyalik mutaxassis "kanonirlar"ni 22 mavsum boshqargan.
Arsen Venger ayni damda FIFAning futbolni global rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritmoqda.
Fikrlar