
Arsen Venger "Evro-2020"da qaysi terma jamoa favorit ekanini aytdi
Ko‘p yillar davomida "Arsenal" klubini boshqargan frantsiyalik mutaxassis Arsen Venger yaqinlashib kelayotgan Evropa chempionati haqida gapirdi. U musobaqaning asosiy favoriti kimligini aytdi.
“Men Frantsiya terma jamoasini mutlaq favorit, deb bilaman. Deshamda yosh va istiqbolli jamoa mavjud. Ushbu futbolchilar hali eng yuqori cho‘qqisiga chiqmagan. Maydonga Mbappe, Koman, Grizmann, Benzema va boshqa ko‘plab yulduzlar chiqadi. Men ularni musobaqaning asosiy favoritlari, deb hisoblayman”, - dedi Venger.
Frantsiya terma jamoasi “Evro-2020”ning “F” guruhida Germaniya, Portugaliya va Vengriya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Frantsuzlar kecha chempionatga tayyorgarlik doirasida Uelsga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Fikrlar