
Arsen Venger: "Chelsi" "Siti"ni mag‘lub etishga to‘liq ishongan edi
Frantsiyalik mashhur mutaxassis Arsen Venger "Manchester Siti" va "Chelsi" (0:1) jamoalari o‘rtasida kechgan UEFA Chempionlar ligasi finali haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Gvardiola premer-ligasida g‘alaba qozongani va ligada hukmronlik qilgani uchun Angliyada mavsumning eng yaxshi murabbiyi, deb topildi. Ammo final faqat bitta o‘yindan iborat. Siz unga maksimal darajada yondashishingiz va harakat qilishingiz lozim.
Kecha "Manchester Siti" muvaffaqiyatga erishmadi. Ular allaqachon "Chelsi"ga uch marta yutqazib ulgurgan edi. Bu o‘yinlar orqali "Chelsi"ning o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortdi va aksincha, "Manchester Siti" o‘zini ishonchsiz his qildi.
"Chelsi" bu o‘yinda "Manchester Siti"ni mag‘lub etishiga to‘liq ishongan”, – dedi Venger.
“Dragau” stadionida kechgan final taqdirini 42-daqiqada “Chelsi” futbolchisi Kay Xavertsning yagona goli hal qildi.
Fikrlar