Arsen Venger: "Barselona" yana bir hujumchi sotib olishiga ishonchim komil

  • 12 iyun, 2020, 15:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik mashhur murabbiy Arsen Venger “Barselona”ning hujum chizig‘i haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Barsa” hamisha eng zo‘r futbolchilar bilan shartnoma imzolagan. Luis Suares o‘rniga boshqa hujumchi olib kelish kerak deb o‘ylamayman. Suares va Messi jamoaning asosiy kuchi bo‘lgani sababli, kataloniyaliklar yana bir yaxshi hujumchi sotib olishlari mumkin. Ammo, ba’zan ularga hujumni yakunlay oladigan futbolchilarning yordami kerak bo‘ladi. “Ko‘k-anor ranglilar” yana bir hujumchi sotib olishiga ishonchim komil”, - deydi Venger.

So‘nggi paytlarda “Barselona” “Inter”ning argentinalik forvardi Lautaro Martinesni sotib olishga qattiq harakat qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!