
Arauxo Reshford haqida: "U mashg‘ulotlarda ham xuddi shunday o‘ynaydi"
"Barselona"ning markaziy himoyachisi Ronald Arauxo Chempionlar ligasi doirasida "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda (2:1) Markus Reshfordning harakatlariga baho berdi. "Manchester Yunayted"dan ijara asosida kelgan angliyalik vinger dubli orqali kataloniyaliklarga mehmonda g‘alaba qozonishda yordam berdi.
"Markus ajoyib o‘ynadi. Biz uni yaxshi bilamiz, mashg‘ulotlarda ham xuddi shunday harakat qiladi. U zo‘r futbolchi. Undan juda mamnunman, u biz bilan ekani uchun xursandman. Umid qilaman, "Barselona"da o‘yindan zavq olishda davom etadi", – deya ta’rif berib o‘tdi urugvaylik fulbek.
Eslatib o‘tamiz, Markus Reshfordning ijara shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi, bitimda sotib olish imkoniyati ham mavjud.
Fikrlar