
AQSh O‘zbekistondan o‘rnak olishi kerak?! Amerikalik shaxmatchi o‘z federatsiyasini jiddiy tanqid qildi
Hindiston va O‘zbekistonda deyarli har kuni shaxmat yulduzlari paydo bo‘ladi. Ushbu muvaffaqiyatlarni amerikalik grossmeystr Xans Nimann tahlil qildi va AQShdagi shaxmatning ahvolini tanqid qildi.
Hind shaxmatidagi iste’dodning o‘sishiga ko‘p jihatdan tizim yordam beradi. Anand barcha eng yaxshi o‘yinchilar va yirik kompaniyalarga murabbiylik qiladi hamda hukumat ularni moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlaydi.
AQShda infratuzilma yo‘q. Eng iqtidorli shaxmatchilarning barchasi "Ivy" ligasiga boradi va shaxmatdan voz kechadi. Agar biz shaxmat olamida hukmronlik qilmoqchi bo‘lsak, boshqa mamlakatlardan "yollanma askar" kabi shaxmatchilarni sotib olmasdan, yosh iste’dodlarimizni qo‘llab-quvvatlashimiz lozim. Agar shunday davot etsa, AQSh shaxmati unutilib ketadi.
Keling, AQSh shaxmatining pasayishini batafsil ko‘rib chiqamiz. Karuana, Aronyan, Dominges va So kabi shaxmatchilar dastlab boshqa mamlakatlar vakili bo‘lgan va ularning transferlari asosan moliyaviy rag‘batlantirish bilan bog‘liq. Ayni paytda men va Mishra kabi mahalliy iste’dodlar minimal darajada qo‘llab-quvvatlanadi.
O‘z shaxmatchilarimizni qo‘llash va ularga sarmoya kiritish haqida gap ketganda, AQSh vatanparvarligi qaerda qolmoqda? Hindiston va O‘zbekiston iqtidorli shaxmatchilarga katta sarmoya kiritish foyda berishini isbotladi.
25 yil davomida boshqa davlat sharafini himoya qilgan shaxmatchilarni olib kelish uchun yiliga 200 000 dollar sarflashimiz kerakmi yoki eng istiqbolli yosh iqtidorlarimizni tarbiyalash uchun mablag‘ ajratishimizmi? Bu beqaror model. Bu "yollanma askarlar" qarib, nafaqaga chiqqanda biz bo‘sh qo‘l bilan qolib ketaveramiz.
Shuni ta’kidlamoqchimanki, men barcha shaxmatchilarni qattiq hurmat qilaman va mening so‘zlarimni ular shaxsiy hujum sifatida qabul qilmasligi kerak. Aksincha, ular AQSh shaxmatining kelajagiga va bizning keyingi avlod chempionlarimiz rivojlanishiga putur etkazayotgan buzuq tizim tufayli vujudga kelgan umidsizlikni aks ettiradi, deya xulosa qildi Nimann.
Ko‘rinishidan Xans federatsiyasini o‘zgartirishga jiddiy kirishgan. Biroq uni kim qabul qiladi? Niderlandiya?
Ma’lumot uchun, Nimann shaxmatdagi faoliyatini Niderlandiyada boshlagan va yoshlar o‘rtasidagi mamlakat chempionatlarida qatnashgan. Shuningdek, Niderlandiya nomidan olimpiadada ishtirok etib, birinchi o‘rinni ham olgan.
Karim Xudayqulov tarjimasi
Fikrlar