APLning top klubi faoliyatida hali gol urmagan futbolchini sotib olmoqchi

  • 19 avgust, 2024, 15:53
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” himoyachisi Jo Gomes faoliyatini “Nyukasl” klubida davom ettirishi mumkin.

Tecno

27 yoshli himoyachi o‘tgan oyning oxirlarida mersisaytliklarni tark etmoqchi ekani ma’lum bo‘lgan edi. Insayder Saymon Jons xabar berishicha, “Nyukasl” klubi vakillari futbolchini shu yozda o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi. Lakin hali, himoyachi qaysi klubda to‘p tepishi haqida yakuniy qarorga kelmagan.

Gomes 2015 yildan beri “Liverpul” safida o‘ynaydi. Futbolchi barcha turnirlarda “qizillar” uchun 224 uchrashuvda 9 ta assist qayt etgan. Lekin, u hech qachon raqib darvozasiga gol kiritmagan.

“Transfermarkt” portali ingliz himoyachisini 28 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!