APLning 2 ta grand klubi Bundesliganing to‘purarlaridan birini talashmoqda

  • 12 iyun, 15:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasi hujumchisi Ugo Ekitike Angliya Premer-ligasining ikki giganti — "Liverpul" va "Chelsi" e’tiborini tortgan. Jurnalist Ben Jeykobsning ma’lumotiga ko‘ra, frantsuz futbolchisini olish bo‘yicha kurashda hozircha Angliya chempioni — "Liverpul" peshqadamlik qilmoqda.

Tecno

Avvalroq "aristokratlar" transferga yaqinroq ekani xabar qilingan edi, biroq vaziyat o‘zgargan. Mersesaydliklar faollashib, raqiblaridan ilgarilab ketgan. Ammo asosiy to‘siq — futbolchi uchun so‘ralayotgan mablag‘. "Ayntraxt" Ekitike uchun aniq 100 million evro talab qilmoqda, bu summa hozircha har ikki klub uchun ham ortiqcha hisoblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" yaqinda Bundesligadan rekord darajadagi transferni amalga oshirdi — klub tarkibiga Florian Virts 150 million evroga qo‘shilmoqda. Ekitike esa jamoaning yozdagi navbatdagi qimmat xaridiga aylanishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!