
APLda yana 2 o‘yin qoldirildi. Biri "Liverpul"niki
Angliya Premer-ligasida koronavirus tufayli o‘yinlar bekor qilinmoqda.
APL rasmiy sahifasi xabariga ko‘ra, 19-turdan o‘rin olgan "Vulverxempton" - "Uotford" hamda "Liverpul" - "Lids" uchrashuvlari boshqa muddatga ko‘chirildi.
Bu qarorga "Uotford" va "Lids" futbolchilarida aniqlangan COVID-19 holatlari sabab bo‘lgan. Avvalroq, lidsliklar rahbariyati klubda virus yuqtirib olgan futbolchilar ko‘pligi tufayli mersisaydliklarga qarshi bahsga etib kela olmasligini ma’lum qilgandi.
Fikrlar