APLda koronavirus holatlari bo‘yicha antirekord qayd etildi

  • 21 dekabr, 2021, 18:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Angliya premer-ligasi matbuot xizmati 13-19 dekabr kunlari ligada o‘tkazilgan Covid-19 testi natijalari haqida xabar berdi.

Hafta davomida 12 345 nafar futbolchi va klub xodimlari tekshirilgan bo‘lib, shulardan 90 nafarida koronavirus aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, bu tegishli statistik ma’lumotlar paydo bo‘lgan 2020 yilning may oyidan beri kuzatilgan rekord darajadagi ko‘rsatkichdir.

Shu tariqa, premer-ligada ketma-ket ikkinchi hafta koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha antirekord qayd etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!